Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya banklarida "yuan" rubl va dollardan oldinda

Rossiya banklarida "yuan" rubl va dollardan oldinda

Ukrainadagi urush davrida yuan Rossiya banklaridagi hisobvaraqlardagi asosiy valyutaga aylandi. Xitoy valyutasi dollar va yevrodan o‘zib ketdi, deb yozadi «Interfaks» Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga tayanib.

2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Rossiya jismoniy va yuridik shaxslarining hisobvaraqlarida dollardan ko‘proq yuan bor edi – 68,7 milliard dollar ekvivalentidagi 64,7 milliardga nisbatan. Shu bilan birga, 2023 yil davomida yuan depozitlari hajmi ikki baravar, kreditlash esa 3,6 barobar, ya’ni 12,7 milliarddan 46,1 milliardgacha oshdi.

Yuan barcha depozitlarning 5,6% ni tashkil qiladi, bu rubl yoki boshqa valyutalarga qaraganda ko‘proq.

Kiritildi: 18:32 09.02.2024. O'qildi: 5118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!