Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Banki asosiy stavkani 20 foizga tushirdi

Rossiya Banki asosiy stavkani 20 foizga tushirdi

Rossiya Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 100 bazis punktiga, yillik 20 foizgacha pasaytirishga qaror qilganini ma’lum qildi.

"Hozirda inflyasion bosim pasayishda davom etmoqda. Ichki talab hali ham mahsulotlar va xizmatlar taklifini kengaytirish imkoniyatlaridan oldinda bo‘lsa-da, Rossiya iqtisodiyoti asta-sekin muvozanatli o‘sish yo‘liga qaytmoqda", deyiladi Rossiya Bankining bayonotida.

The Bell nashrining qayd etishicha, Rossiya Banki 2022 yil sentyabridan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi. O‘shanda u 8 foizdan 7,5 foizgacha tushirilgandi. Shundan so‘ng stavka bir necha bor ko‘tarilib, oxirgi marta 2024 yil dekabr oyida 21 foizgacha oshirilgan edi.

Kiritildi: 13:15 07.06.2025. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!