Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi

Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi

Rossiyaning Sverdlovsk oblastidan Birlashgan Arab Amirliklariga 379 kilogramm tirik yomg‘ir chuvalchangi yuborildi. Bu haqda Rosselxoznadzorning mintaqaviy bo‘linmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, chuvalchanglar BAAga tuproq sifati va unumdorligini oshirish, biogumus ishlab chiqarish uchun kerak.

Chuvalchanglar organik chiqindilarni vermikompostga aylantiradi, uning tarkibida esa 1,5 foizgacha azot, 0,5 foiz fosfor va 0,5 foiz kaliy, shuningdek, o‘simliklar o‘sishi uchun zarur bo‘lgan mikroelementlar mavjud.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chuvalchanglar Yekaterinburgdagi vermifermada (oziq-ovqat chiqindilarini o‘simliklar uchun maxsus o‘g‘it — biogumusga aylantirish uchun maxsus yopiq idishlar) ko‘paytirilgan. Yuk tegishli veterinariya hujjatlari bilan birgalikda jo‘natilgan.

Ta’kidlanishicha, yomg‘ir chuvalchanglarini ko‘paytirish — daromadli biznes yo‘nalish hisoblanadi. Ularni tirik holatda nafaqat qishloq xo‘jaligi maqsadlarida, balki baliqlar uchun ozuqa sifatida ham xarid qilishadi. Ayrim davlatlarda esa chuvalchanglardan farmasevtika maqsadida foydalanadi.

Kiritildi: 07:00 20.05.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!