Bugun 31 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya Asad ag‘darilganidan so‘ng ilk bor Suriyaga delegasiya yubordi

Rossiya Asad ag‘darilganidan so‘ng ilk bor Suriyaga delegasiya yubordi

Rossiya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Mixail Bogdanov va prezidentning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev Damashqqa tashrif buyurdi. Ushbu tashrif rasmiy maqomga ega bo‘lsada, diplomatlarning safaridan maqsad ochiqlanmagan. Ilgari suriyalik rasmiylar Rossiya bilan mamlakatdagi harbiy bazalarning keyingi faoliyati yuzasidan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.

Ayni paytda «Ozodlik Radiosi» sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayanib, Rossiya Suriyaning Tartus portidan harbiy texnikasini olib chiqishni boshlaganini xabar qildi. Assad rejimi ag‘darilgandan keyin Rossiyaning Suriyadagi bazalaridan olingan texnika portga keltirilgan edi, biroq u hanuzgacha Suriya hududida qolayotgandi. Endilikda portda bo‘lgan ikki rossiyalik «Oboronlogistika» kemasidan kamida biri jo‘nab ketdi. Taxminlarga ko‘ra, kemada harbiy texnika joylashgan – sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, texnika ilgari portda turgan joylardan yo‘qolgan.

Kiritildi: 00:30 29.01.2025. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!