Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukrainaning suv ta’minoti tizimlariga qarshi amaliyot o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining kechki murojaatida ma’lum qildi.
«Mudofaa chiziqlarini kuchaytirish kerak — bu aniq vazifa. Shuningdek, bizga ma’lumki, Rossiya qo‘shinlari yaqin oylarda suv ta’minoti tizimlariga qarshi amaliyot tayyorlamoqda. Har bir jamoada tegishli ob’ektlarni himoya qilishga nisbatan jiddiy va mutlaqo mas’uliyatli munosabat bo‘lishi lozim», — dedi u.