"2025 yil 26 mayga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi 355 ta dron va 9 ta X-101 qanotli raketadan foydalangan holda Ukraina hududiga hujum qildi. Bu hujumda foydalanilgan dronlar soni bo‘yicha rekord miqdor hisoblanadi", deya xabar bermoqda Ukraina Qurolli kuchlari.
Ma’lum qilinishicha, Ukraina havo mudofaasi barcha 9 ta X-101 raketasini urib tushirgan hamda 288 ta dronni yo‘q qilgan.
Ukraina mintaqaviy hokimiyati rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev shahri, Kiyev viloyati, Odessa, Dnepropetrovsk, Zaporoje va Xmelniskiy viloyatlariga qaratilgan.