Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli Kuchlari uchun og‘ir qurollarning asosiy yetkazib beruvchisiga aylandi

Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli Kuchlari uchun og‘ir qurollarning asosiy yetkazib beruvchisiga aylandi

Wall Street Journal: Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli Kuchlari uchun og‘ir qurollarning asosiy yetkazib beruvchisiga aylandi. Nashrning yozishicha, turli portallarning analitiklari bilan o‘tkazilgan suhbatlarda yig‘ilgan ochiq ma’lumotlarga ko‘ra Rossiya qo‘shinlari chekinish paytida G‘arb davlatlari Ukrainaga butun urush davomida yetkazib berganidan ko‘ra ko‘proq og‘ir qurollarni qoldirgan.

Tashlab ketilgan qurollarni esa Ukraina Qurolli kuchlari o‘zlashtirgan. Jumladan:
— 421 tank (G‘arbdan 320 ta)
— 445 ta piyoda jangovar texnikasi (G‘arbdan 210 ta)
— 192 zirhli jangovar mashina (G‘arbdan 40 ta)
— 44 ta reaktiv raketa tizimi (G‘arbdan 70 ta)
— Ukrainada deyarli tugagan Sovet standartidagi katta miqdordagi artilleriya snaryadlari.

Bu raqamlar butkul rasmiy emas, deya qayd etadi Wall Street Journal, Ukraina Qurolli Kuchlariga Rossiyadan meros bo‘lib qolgan uskunalarning haqiqiy miqdori bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Ukraina qo‘lga kiritgan uskunalarning bir qismi darhol foydalanishga tayyor, yana bir qismi frontga qaytishdan oldin ta’mirlanmoqda, qolgan qismi esa jiddiy shikastlangan va ular ehtiyot qismlar uchun demontaj qilingan.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Aleksey Danilovning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir texnikalar harbiy logistika qo‘mondonligi orqali taqsimlanadi, yengil qurol va o‘q-dorilar esa ularni qo‘lga olgan bo‘linmalarda qoladi.

Kiritildi: 07:50 06.10.2022. O'qildi: 6814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!