Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya armiya generali: "Rossiyaning g‘arbiy chegaralarida xavf ortib bormoqda"

Rossiya armiya generali: "Rossiyaning g‘arbiy chegaralarida xavf ortib bormoqda"

G‘arbiy strategik yo‘nalishdagi vaziyat Rossiya chegaralari yaqinida harbiy tahdidlarning kuchayishi bilan tavsiflanadi. Bu haqda 20 may kuni Rossiya Federasiyasi Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu harbiy boshqarma kollegiyasida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi sakkiz yil ichida AQShning strategik bombardimonchi samolyotlarining Yevropadagi parvozlari intensivligi “15 barobarga (yiliga 3 tadan 45 tagacha) oshgan”.

Shuningdek, AQSh kemalari 2022 yilda Rossiyaning Kaliningrad viloyati yaqinida olti marta missiyalarni amalga oshirdi.

“Amerika kemalarining Boltiq dengiziga boshqariladigan raketalari bilan borishi tizimli tus oldi. Faqat bu yilning o‘zida Kaliningrad viloyati yaqinida ular raketalarni uchirish uchun tavsiya etilgan hududlarga kirish bilan olti marta topshiriqlar bajarishdi. 2016 yildan buyon ob’ektiv nazorat tizimi tomonidan 24 ta shunday hodisa fosh etildi”, deydi Shoygu.

Kiritildi: 23:00 20.05.2022. O'qildi: 5011 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!