Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya: "AQShning Eronga nisbatan sanksiyalarni qayta joriy qilish talabi mantiqsizlik"

A A A
Rossiya: "AQShning Eronga nisbatan sanksiyalarni qayta joriy qilish talabi mantiqsizlik"

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Sergey Ribakovning aytishicha, AQShning BMTdan Eronga nisbatan sanksiyalarni qayta joriy qilishni talab qilishi mantiqsizlikdir. Chunki, Qo‘shma Shtatlarda bunday qilishga hech qanday huquqiy yoki siyosiy asos mavjud emas. Ribakovning bu so‘zlarini RIA Novosti axborot agentligi payshanba kuni e’lon qilgan.

Hozirda AQSh BMT Xavfsizlik Kengashidan Eronga nisbatan yengillashtirilgan sanksiyalarni yana to‘liq tiklanishini so‘ramoqda. Lekin, bunga Rossiya va Xitoy qarshilik qilmoqda. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bu ikki mamlakatni Eronga barcha sanksiyalarni qayta joriy qilinishiga be’tibor bo‘lmaslikka chaqirgan.

19 avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Pompeoni Nyu-Yorkka borib, BMTdan sanksiyalarning tiklanishini so‘rashini ma’lum qilgandi.

Aleksandr Ribakovning qo‘shimcha qilishicha, AQShning bunday harakatlari BMT Xavfsizlik Kengashida inqiroz yuzaga kelishiga olib keladi.

Kiritildi: 19:23 20.08.2020. O'qildi: 2935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!