Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya AQShga norozilik bildirdi: G20 tadbirida delegatga ruxsat berilmadi

Rossiya AQShga norozilik bildirdi: G20 tadbirida delegatga ruxsat berilmadi

Rossiya AQShga norozilik bildirdi: G20 tadbirida delegatga ruxsat berilmadi

Rossiya AQShga rasmiy norozilik bildirdi. Bunga rossiyalik delegatning G20 sammiti oldidan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilingani sabab bo‘lgan.

Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy ma’lum qildi.

Uning aytishicha, amerikalik tomon texnik xatoga yo‘l qo‘ygan — vizasi mavjud bo‘lgan delegasiya a’zolaridan biri barcha tasdiqlash bosqichlari yakunlanmagani sabab tadbirga kiritilmagan.

Birichevskiy mazkur holatni tanqid qilib, bu AQSh tomoni G20 doirasidagi majburiyatlarini to‘liq bajara olmayotganini ko‘rsatishini ta’kidladi.

Kiritildi: 20:52 28.04.2026. O'qildi: 460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!