Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya AQSh uchun “o‘ta yoqimsiz syurpriz” tayyorlamoqda

Rossiya AQSh uchun “o‘ta yoqimsiz syurpriz” tayyorlamoqda

Harbiy ekspert Yuriy Knutov ta’kidlashicha, modernizasiya qilingan Tu-22M3M bombardimonchi samolyoti Amerika harbiy dengiz kuchlari uchun “yoqimsiz syurpriz” bo‘ladi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligining aerodrom va harbiy bazalarni takomillashtirish dasturiga muvofiq yaqin yillarda Tu-22M3M samolyotini qo‘llash jo‘g‘rofiyasi kengayadi.

O‘tgan yili Qrimdagi Belbek aerodromida yangi o‘chish-qo‘nish chizig‘ini qurish ishlari yakunlandi.

Knutovning fikriga ko‘ra, Tu-22M3M samolyotini Qrimda bo‘lishi juda muhim.

“Amerika esminslari muntazam ravishda Qora dengizga kiradi. Agar vaziyat keskinlashsa, yarim orolda bombardimonchi samolyotlarining  mavjud bo‘lishi AQSh harbiy dengiz kuchlari uchun yoqimsiz syurpriz bo‘ladi”, - deb ta’kidladi harbiy mutaxassis.

O‘tgan yili modernizasiya qilingan bombardimonchi raketa tashuvchi Tu-22M3M Qozonda namoyish qilindi. Keyinchalik yerda o‘rganish va parvoz sinovlari uchun topshirildi.

Umumiy avia qurilish korporasiyasi prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda Rossiya harbiy kosmik kuchlari bu samolyotni foydalanish uchun oladi.

 

Kiritildi: 17:40 07.06.2019. O'qildi: 5466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!