Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya aldov yo‘li bilan yamanliklarni Ukrainaga qarshi jangga yollamoqda

A A A
Rossiya aldov yo‘li bilan yamanliklarni Ukrainaga qarshi jangga yollamoqda

Bu haqda Financial Times ma’lum qildi.

Husiylarga aloqador Al Jabri General Trading & Investment Co SPC kompaniyasi yamanlik erkaklarga Rossiyada ishlash uchun 10 000 dollar mukofot puli, 2 000 dollar oylik maosh va Rossiya fuqaroligini taklif qilmoqda. Biroq Rossiyaga borgan yamanliklar yuqoridagi takliflar o‘rniga Ukrainadagi urush zonasiga majburan jo‘natilyapti. Jurnalistlarning qayd etishicha, yamanliklarni urushga yollash joriy yilning iyul oyida boshlangan.

Financial Times gazetasining yozishicha, bu kabi sxemalar Rossiyaning jangovar harakatlar fonida nafaqat Eron, balki Yaqin Sharqdagi Tehron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi guruhlarga yaqinlashayotganini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 18:22 25.11.2024. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!