2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri kamida 19 nafar rossiyalik general halok bo‘ldi. Bu haqda ochiq ma’lumotlar va Rossiya va Ukraina manbalariga tayanib The Insider xabar berdi. Barcha o‘limlar ham Moskva tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
Yuqori qo‘mondonlik tarkibidagi yo‘qotishlar bevosita frontda ham, front ortida ham qayd etilgan - jumladan, shtablarga berilgan zarbalar, aviasiya hodisalari, Rossiya hududidagi qo‘poruvchilik va portlashlar oqibatida. Urushning dastlabki oylarida snayperlar yoki artilleriya zarbalari oqibatida bir necha generallar halok bo‘ldi.
2022 yilda general Andrey Suxoveskiy, Oleg Mityayev, Vladimir Frolov, Andrey Simonov, Kanamat Botashev va Roman Kutuzov halok bo‘ldi. Keyingi yillarda ro‘yxat Sergey Goryachev, Oleg Sokov, Vladimir Zavadskiy va boshqalar bilan to‘ldirildi.
2024 va 2025 yillarda, jumladan, RXBH qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov, Bosh shtab Operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yaroslav Moskalik, Harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Mixail Gudkov va Moskvada avtomobil portlashi oqibatida Bosh shtab Operativ tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i Fanil Sarvarov halok bo‘ldi.
Halok bo‘lganlarning ba’zilari o‘lim paytida iste’foda bo‘lgan yoki ko‘ngillilar va hujum bo‘linmalarida, shu jumladan «Shtorm Z» va XHK tuzilmalarida xizmat qilgan.