Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya 15 nafar Ukraina fuqarosini o‘z vataniga qaytardi

Rossiya 15 nafar Ukraina fuqarosini o‘z vataniga qaytardi

15 nafar Ukraina fuqarosi oilani birlashtirish bo‘yicha gumanitar operasiya doirasida Rossiyadan vataniga qaytdi.

Bu haqda Ukraina Ombudsmani Dmitriy Lubines o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yana 45 nafar ukrainalik Rossiya Federasiyasidagi xorijliklarni vaqtincha saqlash markazlaridan qaytarilgan.

Ukraina va Rossiya inson huquqlari bo‘yicha ombudsmanlari o‘rtasidagi uchrashuvda Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ko‘magida ukrainalik harbiy asirlar uchun gumanitar yordam, 2000 ga yaqin posilka va qarindoshlarining xatlari yetkazildi.

Bundan tashqari, tomonlar bedarak yo‘qolganlarni tekshirish, noqonuniy hibsga olingan fuqarolarni qaytarish, Rossiyada hukm qilingan ukrainalik harbiy asirlarning holatini muhokama qildi. Har bir toifa bo‘yicha ro‘yxatlar almashildi, gumanitar masalalar bo‘yicha kelgusida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!