“Rossiya 1” telekanalining “Vesti nedeli” ko‘rsatuvi jurnalistlari Buxoroning Mir Arab madrasasi, uning faoliyati, qolaversa, hunarmandchilik markazlari va Buxoroda saqlab qolingan urf-odatlar haqida maxsus reportaj suratga olishdi.
Mazkur maxsus reportaj joriy yilning 26 noyabr kuni efirga uzatilishi ko‘zda tutilgan.
Loyiha O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.