Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossaviasiya: Moskva va Sankt-Peterburgdagi aeroportlarda bir sutkada 118 ta reys bekor qilindi

Rossaviasiya: Moskva va Sankt-Peterburgdagi aeroportlarda bir sutkada 118 ta reys bekor qilindi

"Yakshanba tongi soat 8:00 dan dushanba tongi 8:00 gacha Moskva mintaqasi aeroportlari va Sankt-Peterburgdagi “Pulkovo” aeroportida 118 ta reys bekor qilindi, 203 ta reys esa ikki soat va undan ortiq vaqtga kechiktirildi. Bundan tashqari, 59 ta samolyot zaxira aerodromlarga yo‘naltirildi", deyiladi Rossaviasiya bayonotida.

Ma’lumotlariga ko‘ra, “Aeroflot” aviakompaniyasi seshanba oqshomiga qadar odatiy parvozlar jadvaliga qaytishni rejalashtirgan, boshqa aviakompaniyalar esa dushanba kunining oxirigacha reyslarini tiklashni maqsad qilgan.

Dam olish kunlari va 21 iyul, dushanba tongida Rossiya aeroportlarida, jumladan “Sheremetyevo”da, dron hujumlari tufayli parvoz uchun cheklovlar joriy qilingan edi. Hozirda Rossiyaning deyarli barcha aeroportlari, odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda.

Rossiya Turoperatorlari Assosiasiyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, may oyining boshidan beri aeroportlar ishidagi cheklovlar havo transportidan foydalanuvchi har o‘ninchi yo‘lovchi — kamida 200 ming kishiga ta’sir qilgan.

Kiritildi: 22:34 21.07.2025. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!