Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Roskomnadzor «Polit.ru» saytini blokladi

A A A
Roskomnadzor «Polit.ru» saytini blokladi

Roskomnadzor Rossiyada «Polit.ru» nashri saytiga kirishni blokladi va tahririyatni «ishonchsiz ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni qayta-qayta joylashtirganlikda» aybladi. Bu haqda 12 aprel, juma kuni boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Bloklangan nashr - Runetdagi eng eskilaridan biri. Unga 1998 yil fevral oyida noshir Dmitriy Iskovich, siyosatshunos Kirill Rogov va siyosiy strateg Modest Kolerov tomonidan asos solingan. Tahririyat Rossiya Federasiyasi hududidagi blokirovkaga izoh bermadi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan buyon 10 mingdan ortiq saytlar bloklandi, o‘nlab ommaviy axborot vositalari yopildi, bir necha yuzlab jurnalistlar mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi, deb xabar beradi mustaqil matbuot.

Kiritildi: 23:56 13.04.2024. O'qildi: 1233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!