Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rosaviasiya O‘zbekistonning sakkizta shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarga ruxsat berdi

Rosaviasiya O‘zbekistonning sakkizta shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarga ruxsat berdi

Rossiya Federal havo transporti agentligi (Rosaviasiya) kompaniyalarga Kaliningraddan O‘zbekiston shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirish huquqini berdi, deb xabar qilmoqda agentlik matbuot xizmati.

Tegishli qaror 10 mart kuni idora saytida e’lon qilingan.

Parvozlar "Uralskiye avialinii" tomonidan haftasiga uch martadan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

— Kaliningrad — Qarshi;

— Kaliningrad — Buxoro;

— Kaliningrad — Samarqand;

— Kaliningrad — Farg‘ona;

— Kaliningrad — Nukus;

— Kaliningrad — Namangan";

— Kaliningrad — Navoiy;

— Kaliningrad — Urganch.

Parvozlarga ruxsat berish to‘g‘risidagi qaror xalqaro yo‘nalishlarda parvozlarni tiklash uchun asos bo‘la olmaydi. Aviakompaniyalar parvozlarni tashkil etish huquqini faqat xorijiy davlatlar chegaralari ochilgandan keyingina olgan. O‘tgan yilning martidan boshlab Rossiyada xalqaro yo‘lovchi reyslari koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgan edi.

Kiritildi: 16:53 12.03.2021. O'qildi: 6165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!