Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Superliga. Gollar shousida "Nasaf" OKMKni mag‘lub etdi

Superliga. Gollar shousida "Nasaf" OKMKni mag‘lub etdi

O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan OKMK - "Nasaf" uchrashuvida mehmonlar 4:3 hisobida zafar quchishdi.

O‘yinda "ajdarlar" safidan Marushich dubl qilgan bo‘lsa, Mozgovoy va Jigaurilar bittadan gol urishdi. "Konchilar" tarkibidan esa Rahmonov, Abdurahmonov va O‘lmasailevlar javob qaytardi.

Ma’lumot uchun, "Nasaf" hozirgacha 5 ta o‘yin o‘tkazib, 3 marta 3 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2 bora durang natija qayd etdi. Turnir jadvalida esa 11 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘ringa joylashdi. Peshqadam "Andijon" va 3-pog‘onadagi "So‘g‘diyona" bilan ochkolari soni bir xil.

Kiritildi: 02:11 08.05.2024. O'qildi: 4057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!