Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shols Germaniya yordamga qancha askar yuborishi mumkinligini aytdi

Shols Germaniya yordamga qancha askar yuborishi mumkinligini aytdi

35 mingga yaqin nemis harbiylari favqulodda vaziyat yuzaga kelganda ittifoqchilarga tezda yordam berishga tayyor. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols Latviyada Boltiqbo‘yi mamlakatlari hukumat rahbarlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi OAV.

U Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat “tarangligicha qolayotganini” ta’kidladi va ikki yil avval Germaniya Estoniya, bu yil esa Latviya havo hududini himoya qilish vazifasini o‘z zimmasiga olganini eslatdi. Bundesver Litvada ham brigadani joylashtiradi.

Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya Ukrainadagi jangovar harakatlarga izchil javob berishga muvaffaq bo‘ldi va Bundesver Shimoliy-Sharqiy va Markaziy Yevropani himoya qilishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Deyarli 35 ming nemis askari favqulodda vaziyat yuzaga kelganda ittifoqchilarimizni tezda qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, — dedi kansler.

Shols Germaniya "NATO hududining har kvadrat santimetrini" himoya qilishga tayyorligini ta’kidladi.

Kiritildi: 06:07 07.05.2024. O'qildi: 5020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!