Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ronalduning o‘g‘li otasining izidan ketmoqda

Ronalduning o‘g‘li otasining izidan ketmoqda

Krishtianu Ronalduning to‘ng‘ich o‘g‘li Portugaliya terma jamoasidagi ilk gollarini urdi.

Avvalroq, "An-Nasr" tizimidagi 14 yoshli vinger ilk bor Portugaliya U15 terma jamoasiga chaqirilgandi. Bugun kichik Krishtianu Ronaldu jamoadagi ilk gollarini urdi.

Vlatko Markovich turniri finalida Xorvatiyaga qarshi kechgan bahsda 7-raqam ostida o‘ynagan portugaliyalik futbolchi 13-daqiqada chap oyoq bilan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada boshi bilan zarba yo‘llab dubl qayd etdi. Uchrashuv Portugaliyaning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ronalduning o‘g‘li o‘zining birinchi golini otasining uslubida nishonladi - "Siiii" deb baqirdi.

Bungacha "Yuventus" va "Manchester Yunayted" akademiyalarida o‘ynagan kichik Krishtianu Yaponiya (4:1) va Gresiya (1:1) terma jamoalariga qarshi bilan o‘ynab, gol urmagandi.

Kiritildi: 23:52 18.05.2025. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!