Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ronalduning Mbappega yozgan izohi layk yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

A A A
Ronalduning Mbappega yozgan izohi layk yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning fransiyalik Kilian Mbappening Instagram'dagi sahifasi ostidagi izohi “layk”lar soni bo‘yicha ijtimoiy tarmoq rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

3 iyun kuni Mbappe Ispaniyaning "Real Madrid" klubiga o‘tdi. Transfer e’lon qilingandan so‘ng, futbolchi "Real Madrid" atributlaridagi bolalikdagi fotosuratlari aks etgan postni joylashtirdi, ulardan birida u Ronalduning yonida turgan.

Portugaliyalik futbolchi shunday izoh yozgan: "Endi kuzatish navbati meniki. Men seni “Santyago Bernabeu”ni larzaga keltirayotganingni ko‘rishni xohlayman. Hala Madrid". Ushbu sharh 5 milliondan ortiq layk oldi.

Kiritildi: 11:45 08.06.2024. O'qildi: 2198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!