Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qirg‘izistonda sobiq prezidentning o‘g‘li va bir qator siyosatchilar qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda sobiq prezidentning o‘g‘li va bir qator siyosatchilar qo‘lga olindi

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning o‘g‘li Qodirbek Atambayev va uni tarafdori bo‘lgan bir necha shaxs ommaviy tartibsizliklar tashkil etganlikda ayblanmoqda.

Tergov versiyasiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar parlament saylovlari natijalari e’lon qilinganidan keyin “Konstitusiyaga zid talablar” qo‘yish va “Ma’muriy binolar, telekanallar, kuch tuzilmalari ob’ektlari, qurol-yarog‘ va jazoni ijro etish muassasalarini egallashga urinish”ni rejalashtirgan.

"Ushbu harakatlarga kuch bilan ko‘maklashishni “jinoiy elementlar” amalga oshirishi kerak edi. Tintuvlar davomida qurollar, o‘q-dorilar, granatalar, aloqa vositalari, tartibsizliklarni moliyalashtirishga oid hujjatlar, harakat rejalari, narkotik moddalar, shuningdek 150 ming dollar miqdorida pul mablag‘lari musodara qilindi", deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Qirg‘iziston parlamentiga muddatidan oldin saylovlar shu yilning 30 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Parlament saylovlari 2026 yil noyabrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo 25 sentyabrda amaldagi deputatlar ixtiyoriy ravishda o‘z vakolatlarini topshirishlarini e’lon qilishgandi.

Kiritildi: Bugun 17:00. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!