Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa davlatlari Trampning taklifiga javob sifatida o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi

Evropa davlatlari Trampning taklifiga javob sifatida o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi

Bu haqida The Telegraph xabar berdi.

Evropa mamlakatlarining tinchlik rejasi 24 banddan iborat:

1. Urushni to‘xtatishga yordam beradigan va uning qayta boshlanishini oldini oladigan kelishuvlar orqali barqaror va uzoq muddatli tinchlik hamda xavfsizlikka asos yaratish;

2. Mojaroning har ikki tomoni (Ukraina va Rossiya) havoda, quruqlikda va dengizda to‘liq va shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatishni o‘z zimmasiga oladi;

3. Ikkala tomon AQSh va Yevropa mamlakatlari ishtirokida darhol o‘t ochishni to‘xtatish monitoringini amalga oshirish bo‘yicha texnik muzokaralarni boshlaydi;

4. O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro monitoring AQSh boshchiligida va Ukrainaning hamkorlari ishtirokida joriy etiladi. Monitoring asosan sun’iy yo‘ldoshlar, dronlar va boshqa texnologiyalar orqali masofadan amalga oshiriladi, ayrim hollarda ehtimoliy buzilishlarni tergov qilish uchun quruqlikdagi tarkibiy qismlar ham qo‘llaniladi;

5. Tomonlar tegishli mexanizm orqali o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilgani haqida xabar berish, shuningdek bunday holatlarni tergov qilish va zarur tuzatish choralarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ladi;

6. Rossiya deportasiya qilingan va noqonuniy ravishda ko‘chirilgan barcha ukrainalik bolalarni Ukrainaga qaytarib beradi. Jarayon xalqaro sheriklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi;

7. Mojarodagi tomonlar barcha harbiy asirlarni “barchasini barchasiga” tamoyili bo‘yicha almashadi. Rossiya hamma fuqarolik asirlarini ozod qiladi;

8. O‘t ochishni to‘xtatish barqaror ravishda ta’minlangach, tomonlar gumanitar yengillik kiritish choralarini ko‘radi, jumladan to‘qnashuv chizig‘i orqali oilaviy uchrashuvlarga ruxsat beriladi;

9. Ukraina suvereniteti hurmat qilinadi va tasdiqlanadi. Ukraina neytral maqomga majburlanmaydi;

10. Ukraina kelajakdagi tajovuzlarning oldini olish maqsadida AQShni ham o‘z ichiga olgan, huquqiy jihatdan majburiy xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘ladi. Bu NATO nizomining 5-moddasiga o‘xshash mexanizm hisoblanadi;

11. Ukraina Qurolli kuchlari va mudofaa sanoatiga, shu jumladan xalqaro hamkorlikka hech qanday cheklovlar qo‘yilmaydi;

12. Kafolat beruvchi davlatlar Yevropaning maxsus guruhi va unga qo‘shilishga tayyor boshqa davlatlardan iborat bo‘ladi. Ukraina do‘stona kuchlarning hududdagi mavjudligi, qurollari va operasiyalari masalasini mustaqil hal qiladi;

13. Ukrainaning NATO'ga a’zo bo‘lishi Alyans ichidagi konsensusga bog‘liq;

14. Ukraina Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘ladi;

15. Ukraina yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi qonun doirasida yadroviy qurolsiz davlat sifatida qolishga tayyor;

16. Hududiy masalalar to‘liq va shartlarsiz o‘t ochish to‘xtatilganidan keyin muhokama qilinadi va hal etiladi;

17. Hududiy muzokaralar joriy front chizig‘idan boshlanadi;

18. Hududiy masalalar muvofiqlashtirilganidan keyin Rossiya ham, Ukraina ham ularni kuch ishlatib o‘zgartirmaslikka majbur bo‘ladi;

19. Ukraina AQSh ishtirokida Zaporijjya AESi va Kaxovka to‘g‘oni ustidan nazoratni tiklaydi. Boshqaruvni topshirish mexanizmi yaratiladi;

20. Ukraina Dnepr bo‘ylab bemalol harakatlanish huquqiga ega bo‘ladi va Kinburn hududi ustidan nazoratni qo‘lga kiritadi;

21. Ukraina va uning sheriklari hech qanday cheklovlarsiz iqtisodiy hamkorlik qiladi;

22. Ukraina to‘liq tiklanadi va moliyaviy kompensasiya oladi. Buning ichiga Rossiyaning suveren aktivlari hisobidan qoplash ham kiradi, ular Rossiya Ukrainaning zararini qoplamaguncha muzlatilgan holda qoladi;

23. Rossiyaga nisbatan 2014 yildan beri joriy etilgan sanksiyalar barqaror tinchlik ta’minlangach bosqichma-bosqich va qisman yumshatilishi mumkin, kelishuv buzilsa ular qayta joriy etiladi (snapback mexanizmi);

24. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotiga (EXHT) a’zo barcha davlatlar ishtirokida Yevropaning xavfsizlik arxitekturasi bo‘yicha alohida muzokaralar boshlanadi.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!