Xabaringiz bor, Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronaldu YECHL nimchorak finali doirasida Atletiko ga qarshi o‘yinda yutuqlari soni bilan maqtangandi.
Mag‘lubiyatga uchragan futbolchi madridlik muxlislarning tanqidiga javoban beshta barmog‘ini ko‘rsatib, YECHLni besh marta qo‘lga kiritiganini, Atletiko da esa bunday sovrin yo‘qligini aytgandi. Keyinchalik ispaniyalik teleboshlovchi Kristina Pedroche Ronalduni mazax qilgandi. Buni qarangki, aynan shu voqeadan keyin Pedroche muhokamalar markaziga tushdi. Ya’ni Ronalduni tanqid qilish evaziga o‘zi ham yaxshigina mashhurlikka erishdi. Ayni damda uning suratlari chet el OAVda tinimsiz bosilmoqda.