Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ronaldu yana bir ko‘rsatkichda Messini ortda qoldirdi

Ronaldu yana bir ko‘rsatkichda Messini ortda qoldirdi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Armanistonga qarshi o‘ynagan libosi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Kimoshdi savdosi tugashiga hali 4 kun bor, futbolka esa mashhur MatchWornShirt saytida 71 026 yevro bilan rekord o‘rnatdi. Ikkinchi o‘rinda 55 019 yevroga sotilgan "PSJ"dagi Lionel Messining futbolkasi qoldi. Bu faktga Goal portali e’tibor qaratmoqda.

Qizig‘i shundaki, ushbu saytda sotilayotgan eng qimmat 10 ta futbolka ro‘yxatida sakkiz marta Messi yoki Ronaldu futbolkalari uchraydi. Shuningdek, o‘ntalikda Son Xyon Min va Koul Palmerning futbolkalari ham bor.

Krishtianu Ronalduning "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Ronaldu yana bir ko‘rsatkichda Messini ortda qoldirdi

Kiritildi: 19:00 10.09.2025. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!