Krishtianu Ronaldu Lamin Yamalni fenomen deb atadi.
Portugaliya terma jamoasining 40 yoshli sardori Millatlar Ligasi finalidan keyin (2:2, 5:3 pen) Ispaniya terma jamoasining 17 yoshli vingeri haqida gapirdi.
"U ko‘plab jamoaviy va individual sovrinlarni qo‘lga kiritadi. U bor-yo‘g‘i 17 yoshda... Takror aytaman: u hali juda yosh, u hali yana juda ko‘p narsalarni qo‘shsa bo‘ladi.
U fenomen, lekin biz uni tinch qo‘yishimiz kerak - men shuni so‘rayman. Uning oldida juda uzoq karyera turibdi va u Millatlar Ligasida hali ko‘p marta g‘alaba qozonishi aniq," - dedi Ronaldu.