Hujumchi Krishtianu Ronaldu Pirs Morgan nashriga bergan intervyusida o‘zining shon-shuhratini muhokama qildi.
"Sen va Donald Tramp sayyoramizdagi eng mashhur ikki insonsiz, to‘g‘rimi? Sen ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p kuzatuvchisi bo‘lgan shaxssan, u esa eng ko‘p kuzatuvchisi bo‘lgan siyosatchi. Kel, global munozarani o‘tkazaylik: kim mashhurroq, sen yoki Tramp?"
- Siz nima deb o‘ylaysiz?
— Sen.
— Haqiqatan ham?
– Ha, senda eng ko‘p obunachilar bor.
- Menimcha, global miqyosda ha. Hatto kichik Islandiyada ham men undan ko‘ra mashhurroqman."
– Debatda g‘alaba qozonaman deb o‘ylaysanmi?
– Menimcha, dunyoda mendan mashhurroq odam yo‘q" - dedi Ronaldu.
Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida besh marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan.