Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ronaldu Tojikistonga bormaydi

Ronaldu Tojikistonga bormaydi

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Dushanbega kelmaydi. Bu haqda “Istiqlol” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolchi Eronning “Persepolis” klubi bilan o‘yindagi jarohatidan hali forig‘ bo‘lmagani uchun OCHL guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan “Istiqlol” bilan o‘yinda ishtirok etolmaydi. “Al-Nasr” muddatidan avval OCHLda keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qilgan, “Istiqlol”ning esa allaqachon turnir bilan xayrlashishi ma’lum bo‘lgan.

Ronaldu oxirgi marta jamoasining “Al-Hilol” bilan o‘yinida maydonga tushdi. Bahsda Krishtianu jamoadoshlari 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Ma’lumot uchun, Osiyo Chempionlar ligasining 6-turidan o‘rin olgan “Istiqlol”-“Al-Nasr” o‘yin bugun, 5 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 11:31 05.12.2023. O'qildi: 1279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!