“An-Nassr” klubi hujumchisi, portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishni tavsiya qildi. 40 yoshli futbolchi yaqinda klub bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirgan edi.
Ronaldu mamlakatdagi hayotdan mamnunligini bildirib, Saudiya Arabistonida o‘zini xotirjam his qilayotganini ta’kidladi:
Odamlarni bu yerga kelishga ko‘ndirish shart emas. Shunchaki, “kelib ko‘ringlar!” deyish kifoya. Masalan, hozir men Qizil dengiz bo‘yidaman — bu yer menga va oilamga yoqadi, o‘zimni xotirjam his qilaman. Saudiya Arabistonida hayot tinch, shaharlar chiroyli. Bu joy menga juda ma’qul, madaniyati ham o‘ziga xos. Ko‘p narsa o‘zgarganini ko‘rib turibman, — deya Ronaldu so‘zlarini keltiradi “An-Nassr” klubi matbuot xizmati.