Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Ronaldu qachon ketish kerakligini bilmadi»

«Ronaldu qachon ketish kerakligini bilmadi»

«Bavariya» va «Liverpul» klublarining sobiq futbolchisi Ditmar Xamann Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu atrofida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatga munosabat bildirdi.

Avvalroq portugaliyalik yulduz bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchiliklar sababli milliy terma jamoa qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Xamannning fikricha, Ronaldu so‘nggi yirik xalqaro musobaqalarda asosiy tarkibda maydonga tushmaganida, Portugaliya terma jamoasining muvaffaqiyat qozonish imkoniyati yuqoriroq bo‘lardi.

«Menimcha, agar Krishtianu so‘nggi yirik musobaqalarda asosiy tarkibda o‘ynamaganida, Portugaliyaning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati ko‘proq bo‘lardi.

Agar futbolchi qachon ketish kerakligini anglamay, munosib fursatni qo‘ldan boy bersa, uning o‘rniga bu qarorni boshqa birov qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.

Bosh murabbiy aynan shunday qaror qabul qildi. Aslida bu ish ancha oldin amalga oshirilishi kerak edi», — deya Xamannning so‘zlarini keltiradi Sky Sport nashri.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi safida jami 234 ta uchrashuvda ishtirok etib, 146 ta gol urgan.

Kiritildi: 12:52 08.10.2026. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!