"An-Nasr" va "Al-Xilol" klublarining aralash tarkibi Fransiyaning "PSJ" jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
Ushbu uchrashuvda Krishtianu Ronaldu saudiyaliklarni jamoa sardori sifatida maydonga olib tushadi. Bu haqda General Entertainment Authority rahbari Turki Al-Shayx ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni chempionati yulduzlari va parijliklar o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 19 yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Krishtianu "An-Nasr"ga 2022 yilning oxirida kelib qo‘shilgandi. 37 yoshli portugaliyalik to‘purar klub bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi.