Krishtianu Ronaldu Portugaliya futbol federasiyasidan mukofot oldi.
Kecha Portugaliya futbol federasiyasi (FFP) tomonidan tashkil etilgan Quinasde Ouro. mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Quinas de Platina – eng nufuzli mukofot. Shubhasiz, Portugaliya ramzi bunga loyiqdir. Men barcha portugaliyaliklarning ramzi Krishtianu Ronaldu ekanligi haqidagi fikrlarini ifoda eta olishimga ishonaman. U terma jamoada 20 yildan ortiq o‘ynayapti.
O‘tgan yillar davomida guvohi bo‘lganlarim uning terma jamoa libosini kiyishga bo‘lgan muhabbati, Portugaliyani tanitish, uni butun dunyo sevadigan mamlakatga aylantirishga bo‘lgan fidoyiligi bilan bog‘liqligiga shubha qilmayman", - dedi futbol federasiyasi prezidenti Fernando Gomesh.