Portugaliya futbol federasiyasi (FPF) terma jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan kelishmovchilikdan so‘ng milliy jamoani o‘zboshimchalik bilan tark etgan hujumchi va jamoa sardori Krishtianu Ronalduni diskvalifikasiya qilishga qaror qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, endi intizom kengashi 41 yoshli hujumchani futboldan chetlatish muddatini belgilaydi. Bu muddat bir oydan olti oygacha bo‘lishi mumkin.
Intizom kengashi diskvalifikasiya masalasini ko‘rib chiqishda vaziyatning barcha jihatlarini, jumladan, Ronalduning uzr so‘raganini ham inobatga oladi. Avvalroq ESPN futbolchining qisqa muddatga chetlatilishi ehtimoli yuqoriroq ekanini taxmin qilgandi.
Ronaldu 30 sentyabr kuni Portugaliya terma jamoasi ixtiyoridan ketgan. 6 oktyabr kuni futbolchi o‘z qaroriga izoh berib, Jorje Jezushni va’dalarini buzganlikda ayblagan bayonot bilan chiqdi.