"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu nima uchun klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishga qaror qilgani haqida gapirdi.
"Menda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘ynash bo‘yicha ba’zi takliflar bor edi, lekin menimcha, bu ma’noga ega emas edi, chunki men yaxshi dam olishni, yaxshi tayyorgarlik ko‘rishni afzal ko‘raman, chunki keyingi mavsum juda uzoq bo‘ladi. Shuning uchun nafaqat "An-Nasr"ga, balki milliy jamoaga ham tayyor bo‘lishni istayman," - dedi Ronaldu "An-Nasr" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
26 iyun kuni Ronaldu riyodliklar bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kelishuv 2027 yilgacha mo‘ljallangan.