Saudiya Arabistoni chempionati tugashiga 3 ta o‘yin qolganida "Al-Hilol" chempionlikni hal qilib qo‘ydi.
Riyodliklar 31-turda "Al-Hazm"ni 4:1 hisobida mag‘lub qilib, "An-Nasr" bilan oradagi farqni 12 ochkoga yetkazib oldi.
Shu tariqa, "Al-Hilol" 19-bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritmoqda. Klub bu mavsum hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. 29 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 marta durang o‘ynadi.
Jesus shogirdlarini oldinda "An-Nasr"ga qarshi 2 ta bahs kutib turibdi. Shulardan biri Saudiya kubogi finalidir.