Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ronaldu JCh yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganiga munosabat bildirdi

Ronaldu JCh yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganiga munosabat bildirdi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishi munosabati bilan post qoldirdi.

"Biz jahon chempionatidamiz! Olg‘a, Portugaliya!" - deb yozdi "An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi forvardi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Yakshanba kuni Roberto Martines jamoasi saralash o‘yinida Armaniston terma jamoasini 9:1 hisobida mag‘lub etdi. Ronaldu diskvalifikasiya tufayli o‘yinda ishtirok etmadi.

Portugaliya terma jamoasi saralashda Irlandiya, Vengriya va Armaniston bor guruhda birinchi o‘rinni egallab, JChga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 22:43 16.11.2025. O'qildi: 1140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!