Amerikalik mashhur aktyor va prodyuser Vin Dizel ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qiziqarli yangilik bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Forsaj” kinofranshizasining yangi filmida rol ijro etadi.
“Barcha Ronaldu ‘Forsaj’da rol o‘ynaydimi, deb so‘rayotgandi. Shuni ayta olamanki, bu haqiqatan ham ro‘y beradi. Biz u uchun alohida rol yaratdik”, deydi Vin Dizel o‘zining Instagram sahifasida.
Avvalroq, 2026-yilda “Forsaj”ning 11-qismi ekranlarga chiqishi ma’lum qilingandi. Ta’kidlanishicha, ushbu film franshizaning yakuniy qismi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Krishtianu Ronaldu barcha musobaqalar doirasida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Futbolchining “An-Nassr” bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.