Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Yakshanba kuni Jorje Jezush jamoasi Portugaliyaning "Eshtrela" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O‘yin yopiq tarzda o‘tkazildi - tribunada faqat klublar vakillari bor edi.
"An-Nasr" 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yinda riyodliklar hujumida dastlabki daqiqalardan boshlab dahshatli uchlik harakat qildi - Krishtianu Ronaldu + Joau Feliks + Sadio Mane. Birinchi bo‘limdan so‘ng Ronaldu zaxiraga olindi, deya xabar bermoqda A Bola.
Eslatib o‘tamiz, "Eshtrela" o‘tgan yilgi Portugaliya chempionatida 15-o‘rinni egallagan edi.