Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 34-sovrinni qo‘lga kiritdi.
40 yoshli hujumchi Portugaliya terma jamoasi safida Millatlar ligasi g‘olibiga aylandi. Turnir finalida uning jamoasi Ispaniya terma jamoasini mag‘lub etdi (2:2, penaltilar seriyasi bo‘yicha 5:3).
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan faoliyatidagi 34-chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Krishtianu "Sporting" bilan bitta, "Manchester Yunayted" bilan 9, "Real" bilan 16, "Yuventus" bilan 5 marta chempion bo‘lgan.