Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Ronaldu: «Bu futbol, urush emas. Ko‘pchilik haddidan oshmoqda»

Ronaldu: «Bu futbol, urush emas. Ko‘pchilik haddidan oshmoqda»

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati atrofida yuzaga kelgan vaziyat va futbolchilarning doimiy e’tirozlari haqida o‘z fikrlarini ochiq-oydin bayon qildi.

«Al-Ahli» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng portugaliyalik yulduz ligadagi muhitdan norozi ekanini yashirmadi.

«Hamma shikoyat qilyapti. Ko‘pchilik qilishi kerak bo‘lganidan ko‘prog‘ini qilmoqda. Bu — futbol, urush emas. Hamma g‘alaba uchun kurashishini bilamiz, ammo hamma narsaga ham ruxsat berilgan emas.

Mavsum yakunida men albatta gapiraman, chunki hozir juda ko‘p salbiy holatlarni ko‘ryapman. Ko‘plab futbolchilar hakamlar, liga va loyiha haqida tinimsiz shikoyatlar joylashtirishmoqda», — deydi Ronaldu.

41 yoshli futbolchining fikricha, bunday salbiy yondashuv liganing rivojlanish maqsadlariga zid keladi.

«Bu noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Agar biz dunyoning eng yaxshi ligalaridan biriga aylanib, Yevropa bilan raqobatlashmoqchi bo‘lsak, namuna bo‘lishimiz kerak. Bunday harakatlarni to‘xtatishimiz, vaziyatni tahlil qilishimiz va liga rahbariyati bilan gaplashishimiz zarur. Chunki mening nazarimda, bu allaqachon futbol bo‘lmay qoldi», — deya qo‘shimcha qildi «An-Nasr» sardori.

Kiritildi: Bugun 15:30. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!