«An-Nasr» hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati 2025/2026 yilgi mavsumi 1-turidan o‘rin olgan «At-Taavun»ga qarshi bahsdagi (5:0) g‘alabadan keyin o‘z his-tuyg‘ularini baham ko‘rdi. Bu uchrashuvda 40 yoshli forvard gol muallifiga aylandi.
«Birinchi qadam», — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoq X'dagi sahifasida, postga quvonchli suratini ham ilova qildi.
«At-Taavun» darvozasiga urilgan gol portugaliyalik futbolchi uchun karyerasidagi 940-gol bo‘ldi. Shundan 802tasi klublar darajasida, 138tasi esa Portugaliya termasi safida urilgan. Forvardning «An-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.