Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Ronaldu "An-Nasr"ga yangi bosh murabbiy tanladi

Ronaldu "An-Nasr"ga yangi bosh murabbiy tanladi

"An-Nasr"ning yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaga yangi bosh murabbiy tanladi. Foot Mercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 40 yoshli portugaliyalik murabbiy lavozimiga hamyurti Jorje Jezush kelishini istamoqda.

Manbaga ko‘ra, 40 yoshli Ronaldu allaqachon Jezush bilan "An-Nasr"ni boshqarishi mumkinligi haqida gaplashgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" bilan shartnomasini yana ikki yilga, 2027 yilning yarmigacha uzaytirdi. Matbuot xabariga ko‘ra, klub kadrlar masalasida Ronalduning fikrini inobatga olishga va’da bergan.

Xabaringiz bor, may oyida Jorje Jezush "Al-Hilol" bosh murabbiyligidan ketgan edi.

Kiritildi: 20:31 28.06.2025. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!