Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida to‘p surayotganiga qariyb uch yarim yil bo‘ldi. Bu vaqt ichida portugaliyalik yulduzda «An-Nasr» bilan sovrin qo‘lga kiritish uchun 14 ta imkoniyat bo‘ldi. Shunga qaramay, ushbu turnirlarning barchasida boshqa jamoalar g‘olib chiqdi.
Ta’kidlash joizki, shanba kuni bo‘lib o‘tgan OFK Chempionlar Ligasi – 2 finalida «An-Nasr» «Gamba Osaka»ga qarshi bahsda yaqqol favorit hisoblanayotgan edi. Biroq yaponiyaliklar uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Oradan besh kun o‘tib, 21 may kuni Saudiya Arabistoni chempionatining so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. «An-Nasr» o‘z maydonida «Damak»ni qabul qiladi va g‘alaba qozongan taqdirda, aniq chempionga aylanadi. Ammo Ronaldu va uning jamoadoshlari ochko yo‘qotadigan bo‘lsa, «Al-Hilol»da birinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyati paydo bo‘ladi.