"An-Nasr" hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasini uzaytirganidan so‘ng sport sohasida strategik qarorlar qabul qilishda ma’lum vakolatlarga ega bo‘ldi, natijada uning aksiyalarining bir necha foizini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi avvalroq "Al-Hilol"ni boshqarganiga qaramay, jamoa bosh murabbiyi lavozimiga hamyurti Jorje Jezush tayinlanishini istamoqda. Shuningdek, Ronalduning ta’siri tufayli "An-Nasr"ning asosiy tarkibi murabbiylar shtabiga portugaliyalik sobiq futbolchilar Joze Semedu va Simao Koutinyo ham qo‘shilishi kutilmoqda.
Avvalroq, Saudiya klubi Ronaldu bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirganini ma’lum qilgandi.