Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ronaldinyoning orzular jamoasi

A A A
Ronaldinyoning orzular jamoasi

Afsonaviy braziliyalik futbolchi Ronaldinyo orzusidagi jamoasiga qaysi futbolchini olishini aytdi.

«Agar futbol tarixida bir odamni tanlash kerak bo‘lsa, u Maradona. U bilan hech qachon o‘ynamaganman, uni faqat tashqaridan ko‘rganman. Agar u mening orzular jamoamda o‘ynaganida, ajoyib bo‘lardi», — dedi Ronaldino Youtube'dagi Delantero09'ga bergan intervyusida.

Ronaldinyoning orzular jamoasi

Ronaldinoning futbolchilik faoliyati 1998 yildan 2015 yilgacha davom etgan. U «PSJ», «Barselona» va «Milan» kabi klublardan o‘ynagan. Sobiq yarimhimoyachi YECHL va JChda g‘olib bo‘lgan, 2005 yilda «Oltin to‘p» mukofotini olgan.

Maradona esa faoliyati davomida «Barselona», «Napoli», «Sevilya», «Boka Xuniors» va boshqa jamoalarda harakat qilgan, JChda g‘olib bo‘lgan. Afsonaviy argentinalik futbolchi 60 yoshida vafot etgan.

Kiritildi: 22:17 22.04.2022. O'qildi: 3791 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!