Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Romitan tumanida tabiiy gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

A A A
Romitan tumanida tabiiy gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan "Hududgaz Buxoro" Gaz ta’minot filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Romitan tumanidagi “K.S.” MCHJ moddiy javobgar shaxslari MCHJga qarashli issiqxonani yuqori bosimli tabiiy gaz kollektoriga noqonuniy ulashib, nazorat tamg‘alarisiz elektron gaz hisoblagich orqali tabiiy gazdan foydalanganliklari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 437,1 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:13 13.05.2022. O'qildi: 2379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!