"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer yopilgunga qadar boshqa jamoaga o‘tishga yaqin turibdi.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, "Roma" o‘zbekistonlik hujumchini "Venesiya" jamoasiga ijaraga beradi. Gap mavsum oxirida majburiy sotib olish sharti bilan ijara haqida ketmoqda.
Joriy mavsumda 29 yoshli hujumchi 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. Uning bozor narxi 4 million yevroga baholanmoqda.