"Roma" Eldor Shomurodov uchun 7-8 million yevro olmoqchi.
Hujumchining Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
Avvalroq, O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi "Istanbul Bashakshexir"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eldor Shomurodov o‘tgan mavsum 27 ta o‘yinda 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilib, maydonda o‘rtacha 40 daqiqa harakat qildi.