Malkomning “Barselona”ga o‘tib ketishi “Roma” rahbariyatini hamon g‘azab otiga mindirmoqda. Xabaringiz bor, Rim klubi “Bordo” bilan kelishuvga erishganidan keyin Malkomning transferini rasman e’lon qilgandi, biroq “Barselona” paydo bo‘lib, futbolchini ilib ketdi.
”Bordo”ning futbolchini “Barselona”ga sotmoqchi ekanligini eshitgan “Roma” rahbariyati esa muzokaralardan chiqishga qaror qildi.
«Men bu jarayonlarni to‘xtatishimizni aytdim. Biz futbolchidan voz kechib qo‘ya qoldik, chunki ular transferni kim oshdi savdosiga aylantirib yuborishgandi”, dedi “Roma” sport direktori. Klub prezidenti Pallotta esa quyidagicha qo‘shimcha qildi: «Biz yuristlar bilan maslahatlashdik va “Bordo”ni javobgarlikka tortish masalasini muhokama qildik. “Barselona” esa shunchaki nomardning ishini qildi. Men bu klubning uzrini qabul qilmayman, ammo “Barselona” bilan nizoga ham bormoqchi emasman. Chunki bu klub bizdan kattaroq. Kelajakda hali ko‘p uchrashamiz».